Reaktiv quvvatni kompensatsiya qilishi natijasida 26 ta podstansiya va 671 ta tarmoqlarda quvvat koeffitsiyenti ko‘tarilishiga erishildi
2025-01-06 12:00:00 / Yangiliklar
Quvvati 50 kW va undan yuqori bo‘lgan isteʼmolchilarga 2024-yil davomida berilgan ko‘rsatmalar orqali 25 ming 730 ta isteʼmolchida quvvati 3450.2 MVAr bo‘lgan reaktiv energiyasini kompensatsiya qilish bo‘yicha qurilmalarni o‘rnatilishi taʼminlandi.

Buning natijasida o‘tgan yilga nisbatan 26 ta podstansiya va 671 ta tarmoqlarda quvvat koeffitsiyenti ko‘tarilishiga erishildi.
Shuni yodda tutingki, iste’molchilar reaktiv quvvatni yetarli darajada kompensatsiya qilmaganligi natijasida tarmoqlarda aktiv energiyaning qo‘shimcha yo‘qotishlari uchun qayta hisob-kitoblar amaldagi tarifga nisbatan uch baravar miqdorda hisoblanadi.
Ma’lumot o’rnida: Reaktiv quvvatni kompensatsiyalovchi qurilmalarni qo‘llash – isteʼmolchilarni elektr energiyasi uchun xarajatlarni sezilarli darajada tejalishiga va elektr qurilmalarni bir me’yorda ishlashiga sabab bo‘ladi.
