"Toshkent gaz to‘ldirish stansiyasi" MChJga qarashi gaz to‘ldirish stansiyasidagi o‘quv seminari tashkil etildi
2024-12-07 14:00:00 / Yangiliklar
“O‘zenergoinspeksiya” xodimlari uchun tashkil etilgan mazkur seminarning asosiy maqsadi yosh mutaxassislarning amaliy ko‘nikmalarini oshirish, ularni gaz transporti tizimidagi zamonaviy texnologik uskunalar bilan yaqindan tanishtirishdan iborat bo‘ldi.

Shuningdek, o‘quv dasturi davomida "Gaz to‘ldirish stansiyasi" MChJga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasi hamda "Sarvar gaz servis" MChJga qarashi avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasining faoliyati bilan ham yaqindan tanishishdi.
Inspeksiya xodimlari mazkur obyektlardagi uskunalarning ishlash jarayonlari va amaliyotga tadbiq etilayotgan texnologik yangiliklar bilan tanishish davomida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Ushbu o‘uv-amaliyot mashg‘ulotlari sohadagi so‘nggi texnologiyalarni ish faoliyatida qo‘llash yuzasidan fikr almashish hamda kelgusida sohada keng amaliyotda joriy etilishida katta ahamiyat kasb etadi.
