Gaz taqsimlash qurilmalarida amalga oshirilgan ta’mirlash ishlari yuzasidan o‘rganishlar olib borilmoqda
2024-10-18 16:05:00 / Yangiliklar
“O‘zenergoinspeksiya” Navoiy viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish ishlari doirasida gaz quvurlari va gaz taqsimlash qurilmalarining texnik holatlari ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.

Xususan, Navoiy shahridagi 6, 14, 17, 24 va 92-sonli gaz taqsimlash punktida manometrlar davlat qiyoslov ko‘rigidan o‘tkazilmaganligi hamda texnik holati qoniqarsiz ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Mazkur taʼmirlash ishlarida aniqlangan kamchiliklarni qisqa vaqt ichida bartaraf etish bo‘yicha hududdagi masʼullarga ko‘rsatmalar berilib, uning bajarilishi nazoratga olindi.
