"Islom hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlarning barqaror rivojlanishida atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish istiqbollari: xalqaro va milliy tajriba" xalqaro konferensiyasida muhim strategik hujjatlar imzolandi
2024-12-08 17:30:00 / Yangiliklar
⚡️2024-yil 5-dekabr kuni Samarqand shahrida bo'lib o'tgan "Islom hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlarning barqaror rivojlanishida atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish istiqbollari: xalqaro va milliy tajriba" xalqaro konferensiyasida atom energetikasi sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiluvchi muhim strategik hujjatlar imzolandi.
Hujjatlarning har biri samarali hamkorlik o'rnatish va atom energiyasidan foydalanish bo'yicha tajriba almashishda muhim qadamdir.
📚 Xalqaro konferensiya doirasida quyidagi hujjatlar imzolandi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi va Xalqaro atom energiyasi agentligi (XAEA) o'rtasidagi Xadli mamlakat dasturiga qo'shimchalar;
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi va Jahon yadro assosiasiyasi o‘rtasidagi O‘zaro anglashinuv memorandumi;
3. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi huzuridagi "AES qurilishi direksiyasi" DK va China National Nuclear Corporation (CNNC) kompaniyasi (Xitoy) sho'ba korxonasi China National Nuclear Corporation Overseas Ltd. (CNOS) o'rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumi;
4. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi va O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi yadro fizikasi instituti o'rtasida hamkorlik to'g'risidagi memorandumi;
5. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi va ASSYSTEM ENGINEERING & OPERATION SERVICES kompaniyasi o'rtasida bitim;
6. " MMFI" Milliy tadqiqot yadro universiteti" Federal davlat avtonom oliy ta'lim muassasasining Toshkent filiali va Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti o'rtasida o'zaro anglashuv va hamkorlik to‘g‘risida memorandumi.