O‘zbekistonda “O‘zatom” agentligi bilan birgalikda Ayollar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamg‘armasining hamkor maslahat yig‘ilishi o‘tkazildi
2024-10-17 11:00:00 / Yangiliklar
O‘zbekistonda “O‘zatom” agentligining ayol-mutaxassislari ham a’zo bo‘lgan “Yadro sanoatidagi ayollar ittifoqi” ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamg‘armasining hamkor maslahat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston, Rossiya va Turkiyadan kelgan ekspert ayollar texnika oliy o‘quv yurtlarining talaba qizlari bilan o‘z mamlakatlari atom sanoatini rivojlantirishning kasbiy yo‘nalishlari haqida o'rtoqlashdi.
16 oktabr kuni Ayollar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamg‘armasi “O‘zatom” agentligi bilan birgalikda Agentlik va MMFI Milliy tadqiqot yadro universiteti Toshkent shahridagi filialida (MMFI MTYaU) “Ayollar STEMda” xalqaro murabbiylik sessiyasini o‘tkazdi. Tadbirda O‘zbekiston texnika oliy o‘quv yurtlarining 100 dan ortiq talabalari, jumladan MMFI MTYaU, D.I.Mendeleev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universiteti filiali va boshqalar ishtirok etdi.
Mentorlik mashg‘ulotlariga Rossiya va Turkiya universitetlari talabalari ham onlayn tarzda qo‘shildilar. Tadbirda “Rosatom” davlat korporatsiyasi, “O‘zatom” agentligi va Turkiyaning NUTEC energetika kompaniyasi vakillari so‘zga chiqdi.
"Quvonarlisi shundaki, mamlakatimizda birinchi atom elektr stansiyasi kabi loyiha qurilishini butun dunyo kuzatib borar ekan va endilikda o‘z qo‘llarimiz bilan xotin-qizlarning loyihani amalga oshirishda ayollarning ishtiroki tarixini yaratish uchun noyob imkoniyat yaratilganidadir. Shuni g'urur bilan ta'kidlash joizki, bizda allaqachon bitta g'isht o'rnatilgan bo'lib, bu esa shartnomani imzolash jarayonidir, ba'zi hamkasblar imzolash marosimida bevosita qatnashishdi va biz muhim voqeadan o'rin oldik desam adashmayman. Keyinchalik, yosh avlod bilan birgalikda loyihaning xalq manfaati uchun ishlashi, tarixda yuzimiz muhrlanib qolishi uchun navbatdagi g‘ishtlarini mohirlik bilan qo‘yishimiz lozim,"- deya qayd etdi “O‘zatom” agentligi Obyektlarni qurish loyihalarini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Kamaeva Rozaliya.
Xususan, MMFI MTYaU filiali direktori v.f.f.n. Yuriy Maslov o‘zining tabrik so‘zida muhandislik hamda texnik kasblarni, jumladan, atom sanoatini tanlagan talaba qizlarni qo‘llab-quvvatlash nuqtai nazaridan bunday tadbirlarning muhimligini ta’kidladi.