Xalqaro atom energiyasi agentligining (XAEA) Bosh konferensiyasi 68-sessiyasining birinchi kunida “O‘zatom” agentligi rahbariyatining xorijiy kompaniyalar bilan uchrashuvlari
2024-09-17 16:55:00 / Yangiliklar

Xalqaro atom energiyasi agentligining (XAEA) Bosh konferensiyasi 68-sessiyasining birinchi kunida “O‘zatom” agentligi rahbariyati bilan Fransiyaning “Framatome” va “Assystem” kompaniyalari, Xitoy milliy yadro korporatsiyasi (CNNC), shuningdek, "Rosatom" davlat korporatsiyasi delegatsiyasi bilan ishchi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Mazkur uchrashuvlarda yadro fani, yadro texnologiyalari va ularning qo'llanilishi borasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbolli masalalari muhokama qilindi. Shuning bilan birgalikda, 68-sessiya doirasida “O‘zatom” agentligi rahbarining O‘zbekistonda atom energiyasi sohasida amalga oshirilgan ishlar va bu bo'yicha kelajakda rejalashtirilgan dasturlar to‘g‘risida taqdimoti o‘tkazildi.
Bosh konferensiya an'anaviy tarzda Vena xalqaro markazida (VIC) bo'lib o'tadi va 20-sentyabrgacha davom etadi.
