“Quvanish Jarma” kanalini rekonstruksiya qilish masalalari muhokama qilindi
2026-10-09 16:55:00 / Янгиликлар
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligida Jahon banki vakillari ishtirokida “Milliy irrigatsiya tizimlarini yaxshilash va energiya samaradorligini oshirish” loyihasi doirasida “Quvanish Jarma” kanalini rekonstruksiya qilish masalalarini muhokama qilindi.

Uchrashuvda loyihani amalga oshirishning tashkiliy va texnik jihatlari, belgilangan vazifalar ijrosi hamda kelgusidagi ishlar muhokama etildi.
Shundan so‘ng delegatsiya a’zolari “Quvanish Jarma” kanaliga borib, mavjud holat bilan tanishdi. O‘rganishlar davomida rekonstruksiya ishlarini tashkil etish yuzasidan hududiy mas’ullar bilan fikr almashilib, navbatdagi vazifalar belgilab olindi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi
vazirligi matbuot xizmati

