Асосий контентга ўтиш

Cоҳага оид атамаларнинг изоҳли луғати

“Ayollar daftari”      
Ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik qo‘llab– quvvatlashga, bilim va kasb o‘rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bo‘lgan, ishsiz xotin–qizlarning muammolarini aniqlash, bartaraf etish va nazoratini olib borish bo‘yicha ma’lumotlar bazasi.

   “Ayollar maslahat kengashi” tuzilma.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin–qizlarning muammolarini o‘rganish va hal etishga ko‘maklashish, oilalarni mustahkamlash va ularning farzand tarbiyasidagi rolini hamda ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan maslahatlar berish, “odobli qiz”, “iffatli kelin” va “ma’rifatli ayol” g‘oyalarini keng targ‘ib etish maqsadida har bir fuqarolar yig‘inida tashkil etiladigan jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi

Agentlik (lot. agere – boshqarmoq, yetaklamoq)
    O‘zbekiston Respublikasi boshqaruv tizimining muayyan soha yo‘nalishi va uning mahalliy bo‘limi hisoblanadi, shuningdek ayrim axborot, vositachilik va shu kabi muassasalarning nomi.

Adaptatsiya (lot. adapto – moslashtiromoq)
 Xodimlarni ishning mazmuni va shartlariga, shuningdek, tashkilotning ijtimoiy muhitiga moslashtirish jarayoni. Moslashuv kadrlar boshqaruvining tarkibiy qismlaridan biridir. Bu atama chetdan yollangan yangi xodimlarga ham, ichki rotatsiya orqali yangi lavozimga o‘tayotgan xodimlarga ham tegishli. 2. Organizmning, shaxsning, jamoaning o‘zgaruvchan atrof–muhit sharoitlariga yoki uning ichki o‘zgarishlariga moslashishi, bu ularning mavjudligi va faoliyati samaradorligining oshishiga olib keladi.

Administrator (lot.adminstrator – boshqaruvchi)

Muassasa, jamoa, kompaniyani boshqaruvchi mansabdor shaxs. Ob’yektning belgilangan mezon va ko‘rsatkichlarga

Annuitent (fran. annuite – yillik badal)   
O‘ziga nisbatan annuitetlar shartnomasi tuzilgan va joriy to‘lovlar tarzida sug‘urta tovonini olish huquqiga ega bo‘lgan jismoniy shaxs.

Annuitentlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urta mablag‘i Jabrlanuvchiga (naf oluvchiga) bir yildan ko‘p muddatga joriy to‘lovlar tarzida sug‘urta tovonini to‘lashni nazarda tutadigan va yetkazilgan zararni qoplash uchun qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan miqdori.

Annuitetlar shartnomasi.     
  Sug‘urtalovchi annuitetlar shartnomasiga asosan kelishilgan to‘lovni (sug‘urta mukofotini) bir yildan ko‘p muddatga joriy to‘lovlar tarzida sug‘urta miqdori doirasida sug‘urta tovonini to‘lashga qaratilgan majburiyatini belgilovchi shartnoma hisoblanadi. Annuitetlar shartnomasi bo‘yicha sug‘urta hodisasi  Sug‘urtalangan shaxsning shartnoma amal qiladigan davrdagi joriy to‘lov tarzida sug‘urta tovonini to‘lash sanasigacha yashashi hisobga olinadi.

233

Охирги янгиланиш: 2024-05-24 18:05:51