Idoralararo hamkorlik
Idoralararo hamkorlik
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksininig 133-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati idoralari axborot-kommunikatsiya tizimi faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2012-yil 30-oktyabrdagi PQ-1843-sonli qarori hamda “Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6098-sonli Farmoniga asosan 60 ta vazirlik va idoralar bilan elektron axborot almashuvi yo‘lga qo‘yilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Qurilish vazirligi, Kadastr agentligi, Bojxona qo‘mitasi, Davlat personallashtirish markazi, Markaziy bank, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududgazta’minot” AJ va boshqa bir qator vazirlik hamda idoralar shular jumlasidandir.
Idoralararo hamlorlikni kengaytirish maqsadida, 2023-yilning I choragida Savdo-sanoat palatasi, G’aznachilik xizmati qo‘mitasi hamda Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tizimlari o‘rtasida integratsiya yo‘lga qo‘yildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-sentabrdagi PQ-378-sonli qaroriga asosan Qurilish vazirligi bilan, 2023-yil 16-fevraldagi PQ-57-sonli qaroriga muvofiq “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bilan ma’lumot almashish bo’yicha hamkorlik kengaytirildi.
Soliq qo‘mitasi boshqa vazirlik va idoralardan olingan maʼlumotlar asosida, yuridik va jismoniy shaxslarning soliq majburiyatlarini to‘laqonli bajarishi ustidan nazorat olib boradi hamda soliq solish obyektlarini qamrab olinganligi bo‘yicha tahlillar olib boradi.
Bundan tashqari, ayrim vazirlik va idoralar bilan yo‘lga qo‘yilgan elektron axborot almashinuvi aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatishda ortiqcha ovoragarchilik hamda qog‘ozbozlikdan ozod etmoqda.
Xususan, notarial idoralar, davlat xizmatlari markazlari, bojxona, bank, kadastr va boshqa bir qator tashkilotlarga soliq to‘lovchilarning identifikatsiya raqamlari hamda ular tomonidan o‘z soliq majburiyatlarini bajarish ahvoli yuzasidan ma’lumotlar real vaqt rejimida taqdim etilmoqda.