Nogironlik nafaqasi kimlarga tayinlanadi?
2023-08-09 17:50:00 / Jamg'arma yangiliklari

Nogironlik nafaqasini olish huquqiga - yoshidan qatʻi nazar Qonunda belgilangan shartlarga va meʻyorlarga muvofiq davlat pensiyasini tayinlash uchun zarur ish stajiga ega bo‘lmagan, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan shaxs deb topilgan shaxslarga tayinlanadi.
Nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarga nafaqa hamda parvarishlash nafaqasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari pensiya jamg‘armaning “Pensiya” axborot tizimiga yuborilgan elektron maʻlumotlari asosida “proaktiv shakl”da tayinlanadi.
Nogironlik, boquvchisini yo‘qotganlik va yoshga doir nafaqalar davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali murojaat qilinganda, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqnisaqlash vazirligi, Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligi, Adliya vazirligi hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari pensiya jamg‘armaning “Pensiya” axborot tizimiga yuborilgan elektron maʻlumotlar asosida tayinlanadi.
Qo‘shimcha maʻlumot tariqasida:
- I-guruh nogironlik nafaqasi miqdori - 833 750 so‘m
- II-guruh nogironlik nafaqasi miqdori - 747 000 so‘mni tashkil qiladi.
Manba: Pensiya jamg‘armasi matbuot xizmati
