Korrupsiya va uning oqibatlari
2024-09-09 16:25:00 / Jamg'arma yangiliklari

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi Toshkent shahar boshqarmasi tashabbusi bilan barcha tuman boʻlimlarida Prokuratura, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Ichki ishlar organlari va diniy idora vakillari hamkorligida “Korrupsiya va uning oqibatlari” shiori ostida amaliy uchrashuvlar tashkil etildi. Uchrashuvlar huquqni muxofaza qiluvchi organlarning masʼul xodimlari hamda Pensiya jamgʻarmasi viloyat boshqarmasi boshligʻi A.Sultanov boshchilgida oʻtkazildi.
Uchrashuvda shahar Pensiya jamgʻarmasi boshqarmasi hamda tuman boʻlim boshliqlari va barcha xodimlari ishtirok etishdi. Demokratik islohotlar rivojlanib borayotgan bir paytda davlat xizmatchilari tomonidan poraxoʻrlik, mansab mavqeini suiisteʼmol qilish bilan bogʻliq jinoyatlarning sodir etilishi hokimiyatning obroʻsizlanishiga, davlatning siyosiy, iqtisodiy, huquqiy tizimiga putur yetishiga, natijada amaldagi hokimiyatga nisbatan norozilikka sabab boʻladi. Korrupsiyaning mamlakatda rivojlanishi esa oʻsha davlatning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy tanazzuliga olib keladi.
Shuni taʼkidlash lozimki, korrupsiya jinoyati har qanday jinoyat kabi davlat va jamiyatning barqarorligi, tinchligi, ayniqsa taraqqiyoti uchun xavfli illat hisoblanadi. Unga qarshi nafaqat huquqni muhofaza qiluvchi organlar, balki keng jamoatchilik bilan hamkorlikda kurashsakkina bu illatning ildizini quritishga erisha olamiz.
Shu oʻrinda, Pensiya jamgʻarmasi Toshkent shahar boshqarmasi masʼullari korrupsiyaga qarshi kurashish yuzasidan keng jamoatchilik bilan hamkorlik uchun Pensiya jamgʻarmasining “12-71” hamda boshqarmada tashkil qilingan (71) 250-51-88 ishonch telefonlari doimiy faoliyat koʻrsatayotganligini eslatib oʻtadi.



