“Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalariga start berildi
2025-09-20 14:00:00 / Yangiliklar

Namangan davlat universiteti sport majmuasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi oliy va professional ta’lim muassasalari talaba va o‘quvchilari o‘rtasida ommaviy sport musobaqalarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir bir vaqtning o‘zida Zoom platformasi orqali respublikamizdagi barcha oliy o‘quv yurtlarida kuzatildi.
Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Dilnozaxon Kattaxanova, Namangan viloyati hokimi o‘rinbosari Otabek Bazarov, viloyat sport boshqarmasi boshlig‘i Akram Dedabayev, viloyat yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i Baxtiyor Mirzatov hamda oliy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etdilar.
Musobaqalar professional ta’lim muassasalari o‘rtasida 3 bosqichda — voleybol, stol tennisi, yengil atletika, shaxmat va shashka, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida esa 4 bosqichda — mini-futbol, voleybol, stritbol, yengil atletika va stol tennisi turlari bo‘yicha tashkil etiladi.
Shuningdek, oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarida yuqori natija qayd etgan g‘olib va sovrindor talabalar I, II va III-darajali ko‘krak nishonlari hamda sport formalari bilan taqdirlandilar.









