Summer Media Camp 2025
2025-09-13 19:00:00 / Yangiliklar

Yoshlar ishlari agentligi va Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi hamkorligida Toshkent viloyatidagi Bo‘stonliq tumanida “Summer Media Camp 2025” media oromgohi tashkil etildi. Unda mamlakatimizning barcha hududlaridan media sohasiga qiziquvchi yoshlar hamda Agentlikning hududiy bo‘linmalaridagi matbuot kotiblari ishtirok etdi.
Oromgoh davomida ishtirokchilar media savodxonlikni oshirish, axborot siyosatidagi dolzarb mavzularni yoritish, foto va videokontent tayyorlash ko‘nikmalarini mustahkamlash, shuningdek PR va SMM bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda qatnashish imkoniga ega bo‘ldi.
Media oromgoh nafaqat ishtirokchilar uchun bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish maydoni bo‘ldi, balki hududiy matbuot kotiblari uchun ham kasbiy mahoratni oshirish, yoshlar bilan ishlash jarayonida samarali kommunikatsiya o‘rnatish va kreativ kontent tayyorlash bo‘yicha muhim tajriba maktabiga aylandi.









