”Grand Swiss 2025” xalqaro turniriga start berildi!
2025-09-04 17:00:00 / Yangiliklar
855 ming AQSh dollarini tashkil etuvchi nufuzli shaxmat musobaqasi

Bugun Samarqand shahrida umumiy mukofot jamg‘armasi 855 ming AQSh dollarini tashkil etuvchi nufuzli shaxmat musobaqasi boshlandi.
Musobaqaning ochilish marosimida viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev hamda Yoshlar ishlari agentligi direktori, O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi birinchi o‘rinbosari Alisher Sa’dullayev ramziy yurish bilan musobaqani boshlab berdilar.
Turnirda jahon reytingida yuqori ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan 39 ta mamlakatdan 172 nafar shaxmatchi ishtirok etmoqda.
Musobaqa 16-sentabrga qadar davom etadi.






