Mustaqillik kuni
2025-09-01 00:05:00 / Yangiliklar

Qadrli yurtdoshlar! Aziz yoshlar!
Yoshlar ishlari agentligi nomidan, siz azizlarni Vatanimiz mustaqilligining 34 yilligi bilan samimiy tabriklaymiz!
Mustaqillik — bu bizga erkinlik, bunyodkorlik va farovon hayot in’om etgan ulug‘ ne’mat. 34 yil mobaynida yurtimiz yuksalib, xalqimizning hayoti tubdan o‘zgardi, eng muhimi, yoshlarimiz uchun yangi marralar ochildi.
Biz, yoshlar, kelajagimiz uchun mas’uliyatni his etib, ilmimiz va mehnatimiz bilan Uchinchi Renessans rivojiga o‘z hissamizni qo‘shishga doim tayyormiz.
Shu ulug‘ ayyomda davlatimiz rahbari yoshlarimizga murojaat qilib, ularga ishonch va mehrini yana bir bor izhor etdilar:
“Aziz farzandlarim, doimo yodda tuting: baxt – intilganniki, g‘alaba – kurashganniki! Kelajakni mardlar, tarixni g‘oliblar yaratadi. Hamisha oldinga qarab intiling, bahodir o‘g‘lonlarim, oqila qizlarim! Sizlarning ezgu ishlaringizda Vatan, xalq, Prezident barchangizga hamisha tayanch va suyanch bo‘ladi!”.
💐Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
Hurmat bilan, Yoshlar ishlari agentligi jamoasi!
