Nodirbek Abdusattorov shaxmat tarixiga kirmoqda!
2024-02-28 09:45:00 / Yangiliklar
Nodirbek Abdusattorov shaxmat tarixiga kirmoqda!
Nodirbek o‘zbekistonlik shaxmatchilar orasida yangi rekordni o‘rnatdi va dunyoda reytingi eng yuqori bo’lgan TOP-10 o’yinchilar qatoridan joy oldi.
U “Praga shaxmat festivali 2024” 1-turida gʻalaba qozongan holda, reytingda 5 karra jahon chempioni Vishvanatand Anandni ortda qoldirib, dunyo shaxmat live reyting jadvalida top-10 likka koʻtarildi.
