Yoshlar jinoyatchiligiga qarshi kurash davlat siyosati markazida
2025-06-25 18:00:00 / Yangiliklar

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida “Yoshlar jinoyatchiligini oldini olishning dolzarb masalalari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Tadbir Yoshlar ishlari agentligi va Kriminologiya tadqiqot instituti hamkorligida tashkil etilib, unda vazirlik va idoralar, oliy ta’lim muassasalari, ilmiy tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
Konferensiyada yoshlar o‘rtasidagi jinoyatchilikka olib kelayotgan sabablar, zamonaviy tahdidlar, ommaviy madaniyat va ijtimoiy tarmoqlarning salbiy ta’siri haqida so‘z yuritildi.
Ma’ruzachilar yoshlar jinoyatchiligini ilmiy asosda o‘rganish, tahdidlarni tahlil qilish, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan tizimli hamkorlik qilish zarurligini ta’kidladilar.
Konferensiya yakunida berilgan tavsiyalar jinoyatchilikning oldini olish, global xavfsizlikni ta’minlash va davlat siyosatini takomillashtirishga xizmat qilishi qayd etildi.






