1 milliard so‘mlik ta’lim granti haqida eshitdingmi?
2025-06-13 10:00:00 / Yangiliklar

GameDev (o‘yin yaratish) — bu kelajak kasbi! Yoshlar ishlari agentligi sizlar uchun AQShda 21,000$ turadigan 8 oylik kursda bepul o‘qish imkoniyatini taqdim etadi.
Kimlar ishtirok eta oladi? Kamida IELTS 5.5 yoki unga teng TOEFL / CEFR / Duolingo sertifikatga ega 20 nafar eng iqtidorli yoshlar.
Loyihaning umumiy grant qiymati 1 milliard so‘mni tashkil etadi. 1-mavsumda 20 nafar yoshga jami 200 million so‘mlik grant ajratiladi!
Kursni muvaffaqiyatli tugatganlar Tashkent Metropolitan University tomonidan yuqori daromadli ish o‘rni bilan ta’minlanadi.
Hujjatlarni joriy yilning 30-iyun kuniga qadar @gamedevadmissionbot orqali topshirishingiz mumkin. Eng yaxshi ishtirokchilar imtihon va suhbat orqali saralab olinadi.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun: 71-200-01-23
