Yozni “Yonda” bilan mazmunli o‘tkazing!
2025-06-12 09:00:00 / Yangiliklar
Yozgi ta’til — bu o’quvchi va talabalar uchun faqat dam olish emas, balki o‘z ustida ishlash, yangi ko‘nikmalarni egallash va shaxsiy rivojlanish uchun eng qulay vaqt!

Yoshlar ishlari agentligi esa sizga shunday imkoniyatlarni beruvchi yangi formatdagi loyiha – “Yonda” mobil ilovasini taqdim etadi!
“Yonda” ilovasi orqali o‘zingizga yaqin bo‘lgan ta’lim, sport, san’at, zamonaviy kasblar, xorijiy tillar va boshqa yo‘nalishlardagi o‘quv kurslarini oson topishingiz hamda mashg‘ulotlarda ishtirok etishingiz mumkin.
Eslatib o‘tamiz, ilova hozirda Toshkent shahrida sinov tarzida yo‘lga qo‘yildi. Albatta, tez orada ushbu loyiha boshqa hududlarni qamrab oladi.
Hoziroq yuklab oling va rivojlanishni boshlang. Bu yoz o‘zingizga sarmoya kiritadigan faslingiz bo‘lsin!
Aloqa markazi: +998-55-511-80-88
