O‘zbekiston yoshlari tajribasi – xalqaro e’tirofda!
2025-05-30 18:30:00 / Rahbariyatning bayonotlari va nutqlari
Nufuzli “Lookwe” xalqaro jurnalida Yoshlar ishlari agentligi direktori, senator Alisher Sa’dullayevning maqolasi chop etildi.

Maqolada ayniqsa, davlatimiz rahbarining yoshlar bilan muntazam uchrashuvlari, ochiq muloqotlar orqali ularning fikrini tinglashi va har bir qaror markazida yoshlar manfaatini qo‘yishi chuqur tahlil qilingan.
“Lookwe” – Xitoyning rasmiy tashkilotlari, xalqaro tashkilotlar, diplomatik vakolatxonalar va yirik ilmiy markazlar orasida tarqatiladigan nufuzli jurnal bo‘lib, xalqaro auditoriyaga ijtimoiy rivojlanish, yoshlarga oid siyosatlar va ilg‘or tajribalarni yoritib beradi.
Maqolani o‘qish: Lookwe — Uzbekistan2025
Bu maqola – O‘zbekiston yoshlar siyosatining xalqaro sahnadagi yorqin namoyonidir!



