Toshkentda BMT konferensiyasining Markaziy Osiyodagi eng yirik modeli - TIMUN 2025 o‘z ishini boshladi
2025-05-23 17:30:00 / Yangiliklar
2025-yil 23-may kuni Toshkent shahrida Markaziy Osiyodagi eng yirik va nufuzli yoshlar konferensiyalaridan biri — Birlashgan Millatlar Tashkilotining Toshkent xalqaro modeli (TIMUN 2025) o‘z ishini boshladi.

Konferensiya Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti tashabbusi bilan O‘zbekistondagi BMT vakolatxonasi va O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida an’anaviy tarzda tashkil etiladi. Bu yilgi TIMUN konferensiyasida 400 dan ortiq yosh delegat ishtirok etadi, ularning 150 dan ortig‘i xorijiy va qo‘shni mamlakatlardan. Konferensiya BMT faoliyatini modellashtirish orqali xalqaro muammolar, tinchlik, xavfsizlik, ekologiya, raqamli rivojlanish kabi dolzarb masalalarni yoshlar nuqtayi nazaridan muhokama qilishga yo‘naltirilgan.
TIMUN - bu yoshlarning diplomatiya, xalqaro munosabatlar va konstruktiv muloqot muhitiga kirishi uchun noyob imkoniyatga ega bo‘lgan platforma hisoblanadi.






