Xorijda o‘qish imkoniyat yanada kengaymoqda!
2025-05-13 12:00:00 / Yangiliklar

1. “El-yurt umidi” jamg‘armasi endi Prezident huzurida faoliyat yuritadigan istiqbolli kadrlarni tayyorlovchi muassasa sifatida ish olib boradi.
2. Jamg‘arma zamonaviy kadrlarni aniqlab, xorijga yo‘naltiradi va ular qaytgach ishga joylashish hamda ijtimoiy himoyasini qo‘llab-quvvatlaydi.
3. 2025-yil 1-sentyabrdan boshlab strategik tashkilotlar ehtiyojidan kelib chiqib maqsadli stajirovka dasturi yo‘lga qo‘yiladi.
4. Stajirovka muddati va tashkilotlar “El-yurt umidi” jamg‘armasi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va buyurtmachi tashkilotlar bilan birgalikda belgilanadi.
5. Stajirovka uchun xorijiy tilni o‘rganish zarurati bo‘lsa, unga mos sharoitlar mas’ul tashkilotlar tomonidan yaratiladi.
6. “El-yurt umidi” stipendiyasi joriy etiladi – bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqichlari uchun.
7. Stipendiya ochiq tanlov orqali taqdim etiladi – bunda test sinovi va suhbat asosida baholanadi.
8. Xalqaro reytingdagi oliygohlarga qabul qilingan yoshlarga “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiyalari quyidagi tartibda tanlovsiz ajratiladi:
8.1. Dunyoning TOP-100 taligiga kirgan oliygohlar (bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari)ga to‘liq grant asosida qabul qilingan nomzodlarning o‘qish xarajatlari jamg‘arma hisobidan to‘liq qoplanadi.
8.2. TOP-300 talikka kirgan oliygohlarga o‘qishga kirgan yoshlarga esa jamg‘arma tomonidan xalqaro transport va turarjoy xarajatlari qoplanadi.
8.3. TOP-20 talikka kirgan oliygohlarning bakalavriat dasturlariga kamida 50% grant asosida o‘qishga kirgan Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktab bitiruvchilari ham tanlovsiz tarzda stipendiyaga ega bo‘ladilar.
