“Besh tashabbus paralimpiadasi”ning yangi mavsumiga start berildi
2025-04-18 20:00:00 / Yangiliklar
Bugun O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasida “Besh tashabbus paralimpiadasi” sport musobaqalarining 2025-yilgi mavsumiga start berildi.

Ochilish marosimda Sport vazirligi, Milliy Olimpiya qo‘mitasi, Milliy paralimpiya qo‘mitasi, Yoshlar ishlari agentligi hamda O‘zbekiston Sport tashkilotlari faxriylar kengashi rahbariyati ishtirok etdi.
Ta’kidlash joizki, “Besh tashabbus paralimpiadasi”ning ushbu mavsumida 79 ming nogironligi bo‘lgan shaxslar ishtirok etish uchun ariza topshirgan.






