O‘zbekiston delegatsiyasining navbatdagi manzili — “Starta Ventures” kompaniyasi
2025-04-15 15:00:00 / Yangiliklar

Tashrif davomida AQShda startap va texnologiyalar sohasidagi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, jumladan, Nyu-York meriyasi tomonidan yaratilgan imkoniyatlar chuqur o‘rganildi. Ayniqsa, 60 mingga yaqin texnologik kompaniya va startaplarni birlashtirgan “NY Tech Alliance” tashkiloti direktori Doug Binnet bilan o‘tkazilgan muloqot yoshlarimiz uchun xalqaro tajribani o‘zlashtirish borasida muhim qadam bo‘ldi.
Shuningdek, “The FedCap” tashkiloti vitse-prezidenti Jim Malatras bilan AQShda ta’lim va fan yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash ishlari bilan tanishildi.
Uchrashuvlar yakunida “Yoshlar Ventures”, “Starta Ventures” va “NY Tech Alliance” o‘rtasida hamkorlik aloqalari o‘rnatildi. Bu esa texnologik rivojlanishga qiziqqan o‘zbekistonlik yoshlar uchun yangi imkoniyatlar, tajriba almashuvi va mutaxassislarni jalb qilish yo‘lida muhim bosqich bo‘ldi.



