Prezident sovg‘alari o‘z egalarini kutmoqda!
2025-04-04 09:00:00 / Yangiliklar
“Yosh kitobxon” tanlovining respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi

Bugun, soat 16:00 da, poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida “Yosh kitobxon” tanlovining respublika bosqichi g‘oliblari tantanali ravishda taqdirlanadi.
Uchta yosh toifasida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan yosh kitobxonlarga Prezident sovg‘asi — BYD Chazor elektromobilining kalitlari topshiriladi!
