Futbol bo‘yicha DXX kubogi boshlanmoqda
2025-03-29 10:30:00 / Yangiliklar
“Besh tashabbus olimpiadasi”ning futbol va mini futbol bo’yicha “Davlat xavfsizlik xizmati kubogi” musobaqalariga aprel oyidan start beriladi.

16 yoshdan – 30 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar futbol va mini-futbol, qizlar esa mini-futbol bo‘yicha Davlat xavfsizlik xizmati kubogida ishtirok etishlari mumkin.
1 – bosqich. Tuman/shahar saralash musobaqalari: aprel-may oylarida;
2 – bosqich. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar bo‘yicha saralash musobaqalari: iyun-iyul oylarida;
3 – bosqich. Respublika final bosqichi musobaqalari: avgust oyida bo‘lib o‘tadi.
