Prezident sovg‘asi o‘z egasiga topshirildi
2025-03-26 21:00:00 / Yangiliklar

Bugun, Andijon viloyatining Marhamat tumanida “Yosh kitobxon” tanlovi respublika final bosqichining 10-14 yosh toifasidagi g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
G‘oliblarga Prezident sovg‘asi BYD Chazor elektromobili va pul mukofotlari topshirildi!
Tanlovda 10-14 yosh toifasidagi bilimdonlar 5 ta shart bo‘yicha qizg‘in bahslarda bellashdilar. Har bir shartda qatnashchilar o‘z aql-idroki va tezkor fikrlash qobiliyatlarini sinovdan o‘tkazdilar.
Tanlovning ilk g‘oliblari bilan tanishing!
1-o‘rin: Dilbarxon Haydarova (Toshkent sh.) 356.7 ball — Prezident sovg‘asi “Chazor” elektromobili;
2-o‘rin: Gulmira Norpo’latova (Samarqand) -334.7 ball — 75 mln so‘m pul mukofoti;
3-o‘rin: Nastarin Ibrohimova (Navoiy) - 321 ball — 50 mln so‘m pul mukofotini qo‘lga kiritishdi. Qolgan ishtirokchilarning barchasi 10 mln so‘mdan pul mukofoti topshirildi.









