Asosiy kontentga o'tish

“Shijoat va g‘ayrat” harbiy-sport musobaqasiga start berildi

2025-03-17 21:00:00 / Yangiliklar

Musobaqani tashkil etish va o‘tkazish yuzasidan matbuot anjumani hamda tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

 

Bugun, mahallalarda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularning harbiy xizmatga bo‘lgan qiziqishini oshirishga qaratilgan “Shijoat va g‘ayrat” harbiy-sport musobaqasi yuzasidan matbuot anjumani hamda musobaqaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

 

Tadbirda Mudofaa vazirligi, Sport vazirligi, Davlat xavfsizligi xizmati, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi mas’ullari ishtirok etdi.

 

Anjuman davomida musobaqada ishtirok etish shartlari, bosqichlari va sovrinlari haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, OAV vakillari, jurnalistlar va blogerlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

 

Musobaqa 18-22 yosh toifasidagi mahalla yoshlari o‘rtasida jamoaviy tartibda tashkil etilib, 5 bosqichdan bo‘lib o‘tadi. Bellashuvlar quyidagi 7 ta shart asosida o‘tkaziladi:

 

  • Turnikda tortilish (o‘smirlar uchun);

  • Orqa bilan yotgan holatdan tanani ko‘tarish (press) (qizlar uchun);

  • O‘quv qo‘l granatasini uzoqlikka uloqtirish;

  • Uzoq masofaga yugurish;

  • Qisqa masofaga yugurish;

  • AK-74 (Kalashnikov avtomati) noto‘liq qismlarga ajratish va yig‘ish;

  • Merganlar bellashuvi (Pnevmatik quroldan o‘q uzish).

 

Musobaqa quyidagi bosqichlarda o‘tkaziladi:

  • 1-aprelgachamahalla bosqichi;

  • 30-aprelgachatuman (shahar) bosqichi;

  • 20-maygachahududiy bosqich;

  • 20-30-iyun oralig‘idarespublika final bosqichi.

 

Har bir bosqichning g‘oliblari diplomlar, esdalik sovg‘alari va pul mukofotlari bilan rag‘batlantiriladi. Bundan tashqari Respublika final bosqichida eng yuqori natijaga erishgan jamoa a’zolariga oliy harbiy va harbiylashtirilgan oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun tavsiyanomalar beriladi. Shuningdek, g‘olib jamoalarning mahallalariga quyidagi sport inshootlari qurib beriladi:

 

  • 1-o‘rinUniversal sport maydonchasi;

  • 2-o‘rinStrit vorkout maydonchasi;

  • 3-o‘rinVorkout maydonchasi.

 

Ushbu harbiy-sport musobaqasi mahalla yoshlari uchun chinakam vatanparvarlik maktabi bo‘lib, ularni Milliy armiyamiz safida xizmat qilishga, shuningdek, harbiy sohaga o‘qishga va ishlashga tayyorlash hamda motivatsiya berishga xizmat qiladi.

 

2173

Oxirgi yangilanish: 2025-03-17 21:39:12

“Shijoat va g‘ayrat” harbiy-sport musobaqasiga start berildi