Gazeta.uz — rasmiy axborot hamkorimiz
2025-03-13 09:00:00 / Yangiliklar

Yoshlar ishlari agentligi va “Gazeta.uz” internet-nashri o‘rtasida “Yoshlar uchun ming kitob” loyihasi mazmun-mohiyatini keng ommaga yetkazish sohasida hamkorlik bo‘yicha memorandum imzolandi.
Memorandum maqsadi bevosita “Yoshlar uchun ming kitob” loyihasi mazmun-mohiyatidan kelib chiqib, yoshlarning intellektual va ilmiy salohiyatini yanada oshirish, ularni zamonaviy ilm-fanning so‘nggi yutuqlari bilan yaqindan tanishtirib borishni nazarda tutadi.
Shunga ko‘ra, loyiha doirasida bir qator yo‘nalishlarda hamkorlikka kelishib olindi.
Jumladan, kitoblar chop etilgach, ularning taqdimotlari, mualliflar bilan uchrashuvlar va kitobxonlik marafonlari “Gazeta.uz” internet-nashri bilan o‘zaro hamkorlikda tashkil etiladi.
Shuningdek, saytda loyiha haqida maxsus sahifa yaratilib, loyihaning mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan kontentlar, tahliliy maqolalar joylashtirib borish mo‘ljallangan.




