“PhD sari bir qadam” loyihasi lektorlar uchun ochiq tanlovni boshladi
2025-02-11 16:00:00 / Yangiliklar
Hurmatli ilmiy jamoatchilik vakillari!

“PhD sari bir qadam” o‘quv kursida lektor sifatida dars berish istagida bo‘lgan pedagog va olimlarni hamkorlikka taklif qilamiz. Ushbu kurs ilmiy izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilar, bakalavr, magistr va doktorantlarga sifatli bilim berishga yo‘naltirilgan.
Agar siz tajribali mutaxassis bo‘lsangiz va o‘z bilimingiz bilan yosh izlanuvchilarga yordam berishni istasangiz, quyidagi so‘rovnomani to‘ldirib, biz bilan bog‘lanishingizni so‘raymiz.
Talablar quyidagicha: Ilmiy daraja (PhD, DSc, magistr va h.k.), pedagogik tajriba (afzalroq), ilmiy maqolalar va tadqiqotlar tajribasi, o‘quvchilarga sifatli bilim berishga tayyorlik.
So‘rovnomani to‘ldirish uchun havola.
