Bolajonlar milliy multfilmlar bilan ulg‘aymoqda!
2025-02-03 13:00:00 / Yangiliklar

Yoshlar ishlari agentligi bolajonlarimiz uchun milliy qadriyatlar, ta’lim va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiluvchi animatsion multfilmlar yaratishda davom etmoqda. Ayniqsa, “Bek va Lola” multseriali bolajonlar orasida ommalashib, bugunga kelib ko‘rishlar soni 22 millionga yaqinlashdi. Multserialning yangi qismida shakllarni o‘rgatish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, tarix saboqlarini o‘rgatuvchi “Beruniy sarguzashtlari” va tabiatni asrab-avaylashga qaratilgan “Yashil makon” multseriallari ham YouTube sahifalarida e’lon qilindi.
Quyidagi havolalar orqali multfilmlarning yangi qismlarini tomosha qilishingiz mumkin:
-
“Bek va Lola” — 7-qism
http://www.youtube.com/watch?v=wBlWy0qweIs -
“Beruniy sarguzashtlari” — 1-qism
https://www.youtube.com/watch?v=106k7WQEJyk -
“Yashil makon” — 1-qism
https://www.youtube.com/watch?v=tLKC0V3_-1k
