Otabek Nazirov – “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist” unvoniga sazovor bo‘ldi
2025-01-25 16:20:00 / Yangiliklar

Bo‘zatov FEST – “Yoshlar ovozi” tanlovi g‘olibi Nazirov Otabek Baxadir o‘g‘li Prezident farmoniga asosan “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist” unvoni bilan taqdirlandi.
O‘zining yorqin iste’dodi, ijro mahorati bilan o‘zbek opera san’atini va milliy madaniyatimizni rivojlantirish, yoshlarning san’at olamiga qiziqishi va mehrini oshirish, ularni Vatanga muhabbat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash borasidagi ibratli ishlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun O‘zbekiston davlat simfonik orkestri opera artisti Otabek Nazirov davlatimiz rahbari e’tirofiga sazovor bo‘ldi.
“Bo‘zatov iqtidorlarni kashf etadi” degan ibora bejizga aytilmagan. Ushbu tanlovda ishtirok etib, katta sahnalarda o‘zini namoyon qilayotgan bir qator yoshlarimiz yuksak e’tiroflarga sazovor bo‘lib kelmoqda. Otabek Nazirov ham 2024-yilda bo‘lib o‘tgan tanlovning Respublika bosqichida opera yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.


