Yosh shaxmatchilar navbatdagi bosqichiga kirishdi
2025-01-20 10:20:00 / Yangiliklar
Shaxmat bo‘yicha o‘tkazilayotgan O‘zbekiston chempionati

Andijon shahridagi Universal sport majmuasida maktab o‘quvchilari o‘rtasidagi shaxmat bo‘yicha o‘tkazilayotgan O‘zbekiston chempionatining rapid yo‘nalishidagi bahslarga start berildi.
Mazkur musobaqa yosh shaxmatchilarni strategik fikrlash, tezkor va aniq qarorlar qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga undamoqda. Chempionat mamlakatimizda shaxmatni tobora ommalashtirib, uni millionlar o‘yiniga aylantirish sari katta hissa qo‘shmoqda.
O‘zbekistonning har bir hududidan kelgan yosh iqtidor egalari g‘alaba sari intilib, o‘z mahoratlarini namoyish qilishmoqda. Bu esa kelajakda xalqaro miqyosda yurtimiz shaxmatchilarining nufuzini yanada oshirishga xizmat qiladi.





