Korrupsiya – jamiyat kushandasi
2024-12-13 18:30:00 / Yangiliklar
Navoiy viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.

“Yoshlar forumi – 2024” doirasida “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni” munosabati bilan Navoiy viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.
Tadbir davomida yoshlar korrupsiyaning jamiyat rivojiga salbiy ta’siri va uni bartaraf etish bo‘yicha olib borilayotgan choralar haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishdi.Ushbu tashabbus yoshlar ongida halollik va qonuniylik qadriyatlarini mustahkamlashga xizmat qiladi.
#YoshlarForumi2024
#OchiqEshiklarKuni





