18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun
2024-11-18 / Voqealar taqvimi
Davlat bayrog‘i — milliy g‘ururimiz timsoli!

Davlat bayrog‘i — milliy g‘ururimiz timsoli!
O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i xalqimizning boy tarixi, jasorati va ezgu intilishlarining ramzidir. U har bir yurtdoshimizga Vatanimizga bo‘lgan chuqur muhabbat va iftixorni his etish imkonini beradi.
Yoshlar ishlari agentligi barchangizni 18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun bilan samimiy muborakbod etadi! Bayrog‘imiz doimo balandlarda hilpirab, yurtimiz shaʼni va shon-sharafini dunyoga yoyishda davom etsin!
