“Yoshlar va saylov” sayli Sirdaryoda!
2024-10-22 15:00:00 / Yangiliklar
Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida yoshlar sayli bo‘lib o‘tdi

27-oktabr kuni mamlakatimizda katta va muhim siyosiy jarayon – Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi bo‘lib o‘tadi. Yoshlarimizning mamlakat kelajagi uchun muhim bo‘lgan siyosiy jarayonlarda faol ishtiroki katta ahamiyatga ega.
Shu maqsadda yurtimizning turli hududlarida yoshlarni huquqiy bilimlar bilan boyitishga qaratilgan sayllar va festivallar tashkil etilmoqda.
Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida o‘tkazilgan yoshlar saylida huquqiy tanlovlar, viktorina va sport musobaqalari o‘tkazilib, yoshlar faol ishtirok etdi.
Shuningdek, turli pavilonlarda yoshlarga bandlik, tadbirkorlik, ta’lim, zamonaviy kasblar va bugungi kundagi eng ommabop loyihalar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.









