Elektron ovoz berish qanday amalga oshiriladi?
2024-10-22 13:00:00 / Yangiliklar

Elektron ovoz berish qanday amalga oshiriladi?
Toshkent shahridagi ayrim saylov uchastkalarida sinov tariqasida elektron ovoz berish yo‘lga qo‘yilmoqda.
Elektron ovoz berish onlayn ovoz berishdan farq qiladi.
📁 Onlayn ovoz berishda saylovchi shaxsiy kompyuteri orqali internetdan ovoz berishi mumkin bo‘lsa, elektron ovoz berishda saylovchi saylov uchastkasiga borib, elektron ovoz berish uskunasi orqali ovoz beradi.
Elektron ovoz berish – saylovchi tomonidan an’anaviy qog‘oz byulleteni orqali emas, balki maxsus qurilmadagi elektron byulletenidan foydalanib ovoz berishi hisoblanadi.
Elektron ovoz berish yo‘lga qo‘yiladigan savloy uchastkalarida saylovchi ovoz berish kunida xohishiga ko‘ra elektron tarzda yoki an’anaviy tarzda qog‘oz byulletenlaridan foydalangan holda ovoz berishi mumkin.
📹 Agar saylovchi elektron tarzda ovoz berishni tanlasa, undan foydalanish tartibi videorolikda batafsil izohlangan.
