“Debat xoll”da yoshlar
2024-10-21 10:30:00 / Yangiliklar

Bugun, poytaxtimizdagi “Debat xoll” nodavlat teleradiokanallar Media markazida “Yoshlar saylovda” mavzusiga bag‘ishlangan ko‘rsatuv suratga olindi. Tadbirda yoshlar tashkiloti mas’ullari ishtirokida mamlakatimiz hayotidagi muhim siyosiy jarayonlarda yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan ishlar muhokama qilindi. Xususan, yoshlarni saylov jarayoniga faol jalb etish yo‘llari, ular uchun yaratilgan dastur va tashabbuslar, qonunchilik jarayonlarida yoshlar fikrining inobatga olinishi hamda ularga taqdim etilayotgan imkoniyatlar haqida fikr almashildi.
Shuningdek, yoshlar o‘rtasida saylov madaniyatini shakllantirish va uni yanada rivojlantirish uchun mavjud resurslar va materiallardan samarali foydalanish muhimligi qayd etildi. Tadbir davomida yoshlarning ijtimoiy tarmoqlardagi saylov mavzusidagi faolligi va bu faoliyatning kutilayotgan natijalari haqida ham so‘z yuritildi.





