Toshkentda Kreativ iqtisodiyot bo‘yicha IV butunjahon konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda
2024-10-04 09:50:00 / Yangiliklar

Ushbu noyob anjumanda 80 dan ortiq davlatdan 2000 dan ziyod ishtirokchilar, jumladan, madaniyat va san’at dunyosi namoyandalari, rassomlar, novatorlar, siyosatchilar va tadbirkorlar qatnashmoqda.
Mazkur konferensiyada Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev ishtirok etdi va mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati, ta’lim va kasb-hunarga o‘rgatish tizimi hamda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish kabi sohalarda amalga oshirilayotgan loyihalar yuzasidan taqdimot qildi.
Anjumanda kreativ iqtisodiyot kelajagi, yangi texnologiyalar, xususan, sun’iy intellektning mazkur sohaga ta’siri muhokama qilinadi. Tadbir 4-oktyabrga qadar davom etadi.
Ma’lumot uchun, dunyoda madaniy va ijodiy sanoat yiliga 2,3 trillion dollar daromad keltiradi. Bu global yalpi ichki mahsulotning qariyb 3,1 foiziga teng. 2030-yilga borib ushbu ko‘rsatkich 10 foizga o‘sishi kutilmoqda.



