Shashka musobaqasining Respublika final bosqichi boshlandi
2024-09-27 16:10:00 / Yangiliklar
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘tkazilgan shashka musobaqasining final bosqichi

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida o‘tkazilgan shashka musobaqasining so‘nggi respublika bosqichi Toshkent viloyatida start oldi. Musobaqalar 5 bosqichda o‘tkazilib, butun respublika bo‘ylab 300 mingdan ortiq yoshlarni qamrab oldi.
Final musobaqalarida o‘g‘il va qizlar bolalar 3 yosh toifasida – A, B, C ligalarda kuch sinashadi.
Toshkent viloyati mezbonlik qilayotgan musobaqada har bir hududdan 18 nafar jami 252 nafar yosh g‘oliblik uchun bahs olib bormoqda.
Jarayonlarni kuzatamiz, g‘oliblik esa qaysi hududga nasib qilishini tez orada bilib olamiz!
#beshtashabbusolimpiadasi #Shashka



