“Biznes marafon”ning 5-mavsumiga start berildi!
2024-09-17 19:30:00 / Yangiliklar
O‘zbekistonning yetakchi tadbirkorlari bilan bevosita fikr almashish va biznes g‘oyalarni amalga oshirish uchun qimmatli maslahatlarni olish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang.

Marafonning ilk manzili Xiva shahridagi ko‘hna “Ichan Qal’a” majmuasi. Sohaga qiziquvchi barchani 18-sentabr kuni soat 18:00 da kutamiz.
Ishtirok etish uchun shunchaki ro‘yxatdan o‘ting @biznesmarafon_bot
