“Kelajak kasblari” loyihasining navbatdagi natijalari.
2024-08-13 11:30:00 / Yangiliklar
Xorazmlik yoshlar ham “Kelajak kasblari” loyihasi doirasida egallagan bilimlari sabab yuqori natijalarga erishmoqda. Loyiha doirasida olgan bilimlari tufayli, ular CEFR sertifikatlariga ega bo‘lishdi va xorijiy tillarni mukammal egallash yo‘lida ulkan qadam tashlashdi.

Xususan, Xorazm viloyatidagi “Harvard English Team” o‘quv markazi ushbu yoshlarga zamonaviy, sifatli ta’lim berib, ularning kelajakka intilishini qo‘llab-quvvatlamoqda. Yoshlarimizning kelajakdagi faoliyatlariga katta muvaffaqiyat tilaymiz, ularning yutuqlari hali oldinda!





