“Top 100 Uni Camp” loyihasi.
2024-07-20 11:00:00 / Yangiliklar

“Top 100 Uni Camp” loyihasi.
Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil qilingan “Top 100 Uni Camp” loyihasi yoshlarga dunyoning Top 100 universitetlariga ariza topshirish jarayonlarini o‘rganish uchun ajoyib imkoniyat eshiklarini ochadi.
2024-yil “Top 100 Uni Camp” nomi ostida o‘z faoliyatini boshlagan loyiha yoshlarga chet el universitetlariga ariza topshirish jarayonini bepul, sodda va tushunarli usulda o‘rgatishni maqsad qilgan. Loyihaning ilk mavsumi Bo‘stonliq tumanidagi yoshlar oromgohida start oldi.
Kuni kecha, oromgoh ishtirokchilari Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi raisi Qahramon Quronboyev bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida O‘zbekistonda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, kitobxonlikni targ‘ib qilish loyihalari va xorijning nufuzli universitetlarida tahsil olishda uchraydigan ba’zi muammolar hamda ularni bartaraf etishga qaratilgan loyihalari haqida takliflar berildi.






