“UzChess Cup”—xalqaro shaxmat musobaqasi
2024-06-06 19:00:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-maydagi “2026-yil O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan 46-Butunjahon Shaxmat Olimpiadasiga kompleks tayyorgarlik ko‘rish hamda shaxmatni ommaviy harakatga aylantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 5-15 iyun kunlari O‘zbekistonda ilk bor jahonning ekstroklassdagi 10 nafar yetakchi shaxmatchilari o‘rtasida umumiy mukofot jamg‘armasi 166 000 AQSh dollarini tashkil etgan “UzChess Cup”—xalqaro shaxmat musobaqasi o‘tkazilmoqda.
Musobaqaning maqsadi: Mamlakatimizda shaxmat sportini yanada kengroq targ‘ib qilish va yoshlarni sport musobaqalariga ommaviy ravishda jalb qilish, o‘zbekistonlik shaxmatchilarning bilim va tajribalarini yanada rivojlantirish, ularni munosib rag‘batlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, havaskorlar va yosh shaxmatchilarning sport malakalarini oshirish.
Turnir uchta guruhda:
“Masters” guruhi FIDE reytingi 2700 va undan yuqori bo‘lgan shaxmatchilar;
“Challengers” guruhi FIDE reytingi 2600 va undan yuqori bo'lgan shaxmatchilar;
“Futures” guruhi FIDE reytingi 2500 va undan yuqori bo‘lgan shaxmatchilar o'rtasida o'tkazilmoqda.
“Masters” guruhida g ‘olib va sovrindorlar qatoriga kira olmagan shaxmatchilar 5 000 AQSh dollari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
“Challengers” guruhida g ‘olib va sovrindorlar qatoriga kira olmagan shaxmatchilar 2 000 AQSh dollari miqdorida pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi






