Harbiy xizmatchilar bilan ochiq muloqot
2026-01-15 19:00:00 / Yangiliklar

Samarqand viloyatida bo‘lib turgan Agentlik direktori Alisher Sa’dullayev kuni kecha Davlatimiz rahbari raisligida o‘tkazilgan Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosi yuzasidan harbiy xizmatchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Ochiq muloqot davomida milliy xavfsizlikni mustahkamlash, harbiy xizmatchilarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish hamda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalari muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, Xavfsizlik Kengashida ko‘tarilgan masalalar nafaqat harbiy soha, balki yoshlar siyosati bilan ham uzviy bog‘liq bo‘lib, harbiy xizmatchilar jamiyatda yoshlar uchun muhim ibrat maktabi hisoblanadi.
Shuningdek, uchrashuvda harbiylarning xizmat sharoitlari, ma’naviy-ruhiy holati, yosh askarlarning muammo va takliflari tinglandi. Bildirilgan murojaatlar yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda aniq choralar ko‘rish belgilandi.






