Ishtixon tumanida yoshlar bilan ishlash holati o‘rganildi
2026-01-15 15:45:00 / Yangiliklar

Samarqand viloyatida mahallalarda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha Respublika komissiyasi ishchi guruhi tomonidan o‘rganish ishlari boshlandi. Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev boshchiligidagi ishchi guruh dastlab Ishtixon tumanida aholini ro‘yxatga olish jarayonlarining tashkil etilishi, sifati va samaradorligi bilan tanishdi.
Shuningdek, Ishtixon tumanidagi yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ta’lim, bandlik, tadbirkorlik hamda bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish bilan bog‘liq masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Harbiy sohaga qiziqish bildirayotgan yoshlar bilan alohida uchrashuvlar tashkil etilib, ularning jismoniy va ma’naviy tayyorgarligi masalalari yuzasidan mutasaddilarga aniq vazifalar belgilandi.
O‘rganishlar davomida startap g‘oyalariga ega bo‘lgan yoshlar bilan ham suhbatlar o‘tkazilib, ularning innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mavjud imkoniyatlar haqida tushuntirishlar berildi.
Hududlarda o‘rganish va ochiq muloqotlar davom etmoqda.






