DARE TO DREAM: Missions to Space
2026-01-14 19:00:00 / Yangiliklar

2025-yil 24-yanvar kuni AQShning kosmik missiyalar bo‘yicha yetakchi muhandisi, NASA Jet Propulsion Laboratory tizim muhandisi hamda Mars 2020 Perseverance Rover missiyasining Mission Lead’i Nagin Cox bilan uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Mazkur ma’ruza kosmos haqidagi orzularning qanday qilib real kasbga aylanishi, shuningdek, murakkab sayyoralararo missiyalarning butun dunyo bo‘ylab jamoalar hamkorligida qanday yaratilishi haqida bo‘ladi. Uchrashuv davomida Nagin Cox Galileo, Mars Curiosity Rover, Perseverance, Europa Clipper hamda MOXIE kabi mashhur kosmik loyihalarning ichki texnik jarayonlari bilan o‘rtoqlashadi.
Sessiya davomida quyidagi mavzular yoritiladi:
-
insoniyatning Yer chegaralaridan tashqarida kosmosni tadqiq etish jarayonlari;
-
Mars va undan uzoq masofalarga yo‘naltirilgan missiyalarning loyihalanishi, uchirilishi va boshqarilishi;
-
yirik kosmik kashfiyotlar ortida turgan insonlar va ularning real hayotiy hikoyalari.
Spiker haqida
Nagin Cox — NASA JPL muhandisi, NASA Exceptional Service Medal va NASA Exceptional Achievement Medal sovrindori, AQSh Harbiy-havo kuchlari hamda NORADning sobiq ofitseri, TED-spiker, STEM yo‘nalishi elchisi va so‘nggi o‘n yilliklarning eng muhim sayyoralararo missiyalari ishtirokchisidir.
Tadbir tafsilotlari
📅 Sana: 24-yanvar 2025-yil
🕚 Vaqt: 11:00–12:00
📍 Manzil: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, Ya. G‘ulomov ko‘chasi, 70-uy
🗣 Til: ingliz tili
👉 Tadbirda ishtirok etish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘ting:
https://itpu.uz/missions_to_space
Kosmos, ilm-fan va shaxsiy imkoniyatlarga bo‘lgan qarashingizni o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan mazmunli bir soatlik uchrashuv sizni kutmoqda.
