1000 Ustoz Granti
2025-12-24 18:00:00 / Yangiliklar
Respublikamizdagi xalqaro B2 va C1 sertifikatini olishni istagan barcha ingliz tili ustozlari uchun ajoyib yangilik — “1000 Ustoz Granti”!

Respublikamizdagi xalqaro B2 va C1 sertifikatini olishni istagan barcha ingliz tili ustozlari uchun ajoyib yangilik — “1000 Ustoz Granti”!
Xalqaro TOEFL test markazi, My School, Ibrat Farzandlari hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida 1000 nafar ingliz tili ustozlari uchun GRANT asosida 2 oylik TOEFL imtihoniga tayyorlov kurslari tashkil etildi.
Ushbu imkoniyat orqali ustozlar:
- o‘z kasbiy malakalarini oshirishlari,
- hamda davlat tomonidan berilayotgan 50% ustama haqini osongina qo‘lga kiritishlari mumkin bo‘ladi.
Grant ishtirokchisiga aylanish uchun quyidagi kanalga obuna boʻling va havola orqali so‘rovnomani to‘ldiring!
