Brifing. E’lon
2025-12-19 09:00:00 / Matbuot anjumanlari
Korrupsiyaga qarshi kurash dasturi doirasida 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan

Bugun, 19-dekabr kuni soat 14:00 da Yoshlar ishlari agentligi binosida Agentlik tomonidan korrupsiyaga qarshi kurash dasturi doirasida 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan brifing o‘tkaziladi.
Brifingda Yoshlar ishlari agentligining markaziy apparati, hududiy boshqarmalari, tuman va shahar bo‘limlari hamda mahalla darajasidagi tuzilmalar tomonidan 2025-yilda korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida amalga oshirilgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot taqdim etiladi.
