O‘zbekiston yoshlari “Take Off” 2025 startap sammitida
2025-12-10 16:00:00 / Yangiliklar

Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev boshchiligidagi O‘zbekiston yoshlar delegatsiyasi hozirda Turkiyaning Istanbul shahrida o‘tkazilayotgan 8-“Take Off” startap sammitida ishtirok etmoqda.
Sammit dasturida panel muhokamalar, startaplar namoyishi, investorlar bilan uchrashuvlar hamda texnologiya, sun’iy intellekt, fintech va barqaror rivojlanish bo‘yicha dolzarb mavzular belgilangan.
O‘zbekiston delegatsiyasi tashrif doirasida xorijlik hamkorlar bilan istiqbolli aloqalarni yo‘lga qo‘yish, yoshlar manfaatiga xizmat qiluvchi muhim kelishuvlarni imzolashi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan 2026-yilda ushbu nufuzli “Take Off” startap sammiti Samarqand shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.





